AsosiyDunyo
5324

​OAVlar Barak va Mishel Obamaning memuarlarini chop etish huquqi qanchaga baholanganini ma`lum qildi

'​OAVlar Barak va Mishel Obamaning memuarlarini chop etish huquqi qanchaga baholanganini ma`lum qildi'ning rasmi

OAVlar Barak va Mishel Obamaning memuarlarini chop etish huquqi 60 million dollarga baholanganini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Nashrning ma`lum qilishicha, Barak va Mishel Obamalar alohida-alohida kitob yozishga, ammo ularni birga sotishga kelishishdi. Ularning memuarlarini chop etishga Amerikaning bir nechta mashhur nashriyotlari qiziqdi va AQShning ilgarigi sobiq prezidetlari memuarlari orasida rekord darajada qimmat narxga baholandi. Hozircha Obamalarning memuarlarini chop etish huquqiga Penguin Random House nashriyoti egalik qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, chunki mazkur nashriyot sobiq AQSh prezidenti Bill Klintonning memuarlarini chop etish huquqini 15 million dollarga sotib olgandi. Barak Obamaning ilgari yozgan kitoblari ham o`quvchilarga ma`qul bo`lgan edi. U “Umid jasurligi” nomli kitobi uchun 8,8 million dollar gonorar olgan bo`lsa, “Otamning orzulari” nomli kitob uchun 6,8 million dollar gonorarga ega bo`lgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar