AsosiySport

“Barselona” uzoq muddatdan so`ng Ispaniya chempionati peshqadamiga aylandi (Video)

'“Barselona” uzoq muddatdan so`ng Ispaniya chempionati peshqadamiga aylandi (Video)'ning rasmi

Ispaniya chempionati 25-turida “Barselona” jamoasi o`z maydonida “Sporting Xixon” futbolchilarini qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o`yinda kataloniyaliklar 6:1 hisobida zafar quchdi. Eng muhimi mazkur g`alabadan keyin “Barselona” ochkolari sonini 57 taga etkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Oldinroq “Real” o`z maydonida 1 kishi kam bo`lib “Las-Palmas” bilan jangovar durang qayd etgani haqida xabar bergandik.

Barselona – Sporting Xixon – 6:1 (3:1)

Gollar: Messi (9), X. Rodriges 11 (avt), L. Suares (26), Alkaser (49), Neymar (65), Rakitich (87) - Kastro (21)

Barselona: Ter Shtegen, Rafinya (Roberto 74), Maskerano, Umtiti, Alba, Buskets, Rakitich, D. Suares, Neymar, Messi (Gomesh 61), L. Suares (Alkaser 46).

Sporting Xixon: Kuelyar, Kastelyano, X. Rodriges, Baben, Elderson, Torres, Alvares (Vesga 76), Kases, Duglas (V. Rodriges 46), Burgi (Lopes 60), Kastro.

Ogohlantirishlar: Burgi 24, Kastro 44, Neymar 45+1, X. Rodriges 54

Boshqa yangiliklar