AsosiyDunyo
5353

​Melaniya Tramp kongress oldiga narxi 10 ming dollarlik libosda chiqdi

'​Melaniya Tramp kongress oldiga narxi 10 ming dollarlik libosda chiqdi'ning rasmi

Melaniya Tramp AQSh kongressi oldiga dizayner Maykl Kors yaratgan 10 ming dollarlik libosda chiqdi, deb xabar berdi “Lady.mail.ru” nashri.

AQSh prezidenti Donald Tramp kongress oldida ilk marotaba chiqish qildi. U kongressga rafiqasi Melaniya bilan birga tashrif buyurdi. AQShning birinchi xonimi tadbir uchun narxi 10 ming dollarga yaqin bo`lgan libosni tanladi.


Women’s Wear Daily nashrining yozishicha, mazkur libosning dizayneri Maykl Korsdir. Melaniya kiygan bleyzerning narxi 5 ming dollar bo`lsa, yubkasining narxi 4,6 ming dollardir. Mazkur libosni Michael Kors`ning bahorgi kolleksiyasidan topish mumkin. Tadbirda yana Donald Trampning qizi Ivanka Tramp va kuyovi Jared Kushnerlar ham ishtirok etishdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar