Xitoyning Xebey viloyati Ichan shahrida yashovchi ayol o`g`il tuqqandan keyin olti kun o`tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Ayol 2012 yilda turmush qurganiga qaramay, farzandi bo`lmagan, 2016 yilning avgust oyida Uxan shahridagi kasalxonalardan birida davolanib, uchta bolaga homilador bo`ldi.
U 21 fevral kuni vazni 1,44 kilogramm bo`lgan o`g`il farzandli bo`ldi va shu bilan to`lg`og`i to`xtadi. Ayolning davolovchi akusheri homiladorlikni davom ettirish kerak, degan qarorga keldi. Ayol o`tgan dushanba, 27 fevral kuni egizak qizaloqlarni dunyoga keltirdi.
“Befarzand yurgan paytlarim juda ham bola ko`rishni orzu qilgandim. Mana endi 3 nafar farzandim bor, ba`zida ularni yupata olmay, shoshib qolyapman”, dedi ayol.
Ayni paytda chaqaloqlar tug`ruqxonaning jonlantirish bo`limida saqlanmoqda. Ayolni davolagan akusherning aytishicha, bunday hodisaga u 20 yillik ish tajribasi davomida ilk marotaba duch kelgan. Uning aytishicha, ayolning o`g`il farzandi alohida parda, egizak qizlar esa bitta parda ichida bo`lgan.
01.01.2022, 21:48
2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...23.08.2021, 16:08
Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...04.08.2021, 19:19
Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi...01.06.2021, 18:32
So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...