Aktrisa Gulchehra Eshonqulova turmush o`rtog`i Sharof Sharapov va o`g`li Amirbek bilan tushgan yangi suratlarini muxlislari e`tiboriga havola etdi.
Suratlar baxtli juftlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o`rin oldi.
Ma`lumot uchun, joriy yilning 17 fevral kuni poytaxtdagi muhtasham to`yxonalardan birida Gulchehra va Sharof Sharapovlar hamkasblari va yaqinlarini chorlab, o`g`illari Amirbekning sunnat to`ylarini nishonladi. Shu kuni Gulchehra va Sharofning ma`lum sabablarga ko`ra o`tkazilmagan nikoh to`ylari ham bo`lib o`tdi.









