“Siyosatchi” deganda ko`z o`ngimizda kostyum-shim kiygan o`rta yoshli erkaklar gavdalanadi. Bu sohada faoliyat yuritadigan go`zal xilqat vakillari esa har doim ham jiddiy qabul qilinmaydi.
“AdMe.ru” quyida birgina ayolda go`zallik, aql va kuchli fe`l-atvor jam bo`lishi mumkinligini isbotlagan siyosatchi ayollar bilan tanishtirib o`tadi.
Mara Karfanya
Mariya Rozariya (Mara) Karfanya — italiyalik siyosatchi, fotomodel va teleboshlovchi.
U o`zining ijodiy faoliyatini 2004 yilda boshlagan. Xalq orasida Mara Karfanyani Mara La Bella “Go`zal Mara” deb atashadi.
Karmen Kass
Estoniya Shaxmat ittifoqi prezidenti(2004-2011). U yoshligidanoq shaxmatga qiziqqan va o`zi misolida sportning bu turini ommalashtirishga harakat qilgan.
Setrida Giga
Livanlik o`ta go`zal ayol va taniqli siyosatchi.
Setrida Livanda Suriyaning etakchilik qilishiga qarshilik ko`rsatgan. U siyosatga 1994 yilda kirib kelgan. O`sha yilda Livandagi siyosiy partiyalar qayta shakllangan va Setridaning turmush o`rtog`i hibsga olingan edi. Ayol bor imkoniyatini ishga solib, turmush o`rtog`ining ozod etilishini talab qildi.
Kurash 11 yil davom etdi va 2005 yilda uning turmush o`rtog`i ozodlikka chiqdi.
Qirolicha Raniya al-Abdulla
Raniya al-Abdulla — Iordaniya qirolichasi, qirol Abdalla II`ning rafiqasi.
Raniya 1995 yilda o`zi tashkil etgan Iordaniya nodavlat fondi orqali ayollarga mamlakat iqtisodiy hayotida ishtirok etishlariga yordam beradi.
U ayollarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha qator tashabbuslar ko`rsatgan, bolalarga shafqatsiz munosabat bilan kurashish bo`yicha yirik kampaniya tashabbuskori bo`lgan.
Kristina Elizabet Fernandes de Kirshner
Kristina Elizabet Fernandes de Kirshner — 2007 yilning 10 dekabridan 2015 yilning 10 dekabriga qadar Argentina prezidenti.
Kristinaning ko`plab tahsinga sazovor ishlari orasida mamlakatda oligarxlar klanlarining va ularga bo`ysunuvchi OAVlarning ta`sirini kamaytirish alohida e`tibor kasb etadi.
Orli Levi
Orli Levi-Abukasis — fotomodel, teleboshlovchi, isroillik siyosatchi.
Uning siyosatdagi asosiy maqsadlari —muammoli o`smirlar bilan bog`liq masalalarni hal etish, bepul to`garaklarni qaytarish,aholining ancha keng tarqalgan qatlamlariga bepul stomatologiya xizmatlarini ko`rsatishni kengaytirish, boylar va kambag`allar orasidagi tafovutni kamaytirishdan iborat.
Rabi Dxolla
Kanada Liberallar partiyasi a`zosi Rabi Dxolla Oqsoqollar palatasida 204 yildan 2011 yilgacha faoliyat yuritgan. 1984 yilda Hindistonda ziddiyat paytida Rabi mamlakat bosh vaziri Gandiga xat yozib, Panjobdagi harbiy harakatlarni to`xtatishni so`ragan.
O`shanda u endigina 10 yoshga kirgan edi. Rabi shu bilan birga Bollivud filmlarida ham suratga tushadi.
Eva Kayli
Eva 24 yoshida Saloniki shahri ittifoqiga saylangan. U Gresiya parlamentining teng huquqli a`zosi hisoblanadi.
U, shuningdek jurnalist va teleboshlovchi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Kirsten Jillibrand
Kirsten Jillibrand — amerikalik siyosatchi va Nyu-York shtati kichik senatori(2009 yildan boshlab).
Kirsten o`z faoliyati davomida sog`liqni saqlash, ayollar huquqlarini himoya qilish borasida ko`plab xayrli ishlarni amalga oshirgan.
Sheridan Oliveriya
2017 yilga qadar Sheridan Braziliya inson resurslarini rivojlantirish masalalari bo`yicha kongress kotibi bo`lgan.
2014 yilda u katta miqdordagi ovoz bilan Kongress a`zoligiga saylandi.
Kolinda Grabar-Kitarovich
Kolinda Grabar-Kitarovich — xorvatiyalik siyosiy arbob, diplomat va o`zining go`zalligi bilan dunyoni zabt etgan ayol.
Xorvatiya tarixidagi birinchi ayol prezident.
Moza bint Naser al Misned
Qatarning birinchi xonimi va arab dunyosidagi eng qudratli ayollardan biri.
Moza Qatarning Yangi “Kremniy vodiysi”ga aylantirish tashabbuskori. Aynan shu maqsadda Qatar fan va texnologiyalar bog`i tashkil etilgan.