Ispaniya chempionati 25-turidan o`rin olgan yana ikki uchrashuv o`z yakuniga etdi. Kecha “Barselona” yirik hisobda “Spoting Xixon”ni mag`lub etgani, “Real” esa kutilmaganda ochko yo`qotgani haqida xabar qilingandi.
Mazkur turda “Sevilya” o`z maydonida “Atletik” futbolchilarini qabul qilib, 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Madridning “Atletiko” klubi esa muxlislarini ranjitishda davom etmoqda.
Madridliklar bu safar kuchli bo`lmagan “Deportivo” bilan durang o`ynaydi. Quyida o`yin tafsilotlari bilan tanishing.

Sevilya – Atletik 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 14 Iborra.
Sevilya: Riko, Rami, Eskudero, Mariano, Merkado, Korrea (Vaskes, 63), Kranevitter, Iborra, Nasri, Yovetich (Ben-Yedder, 78), Vetto (Montoyya, 78).
Atletik: Iraysos, Echeyta, Yeray Alvares, Saborit, Inigo Lekue, Raul Garsiya, San Xose, Inyaki Uilyams, Benyat (Iturraspe, 61), Muniain (Vilyalibre, 84), Boveda (Susaeta, 69).
Ogohlantirishlar: Yovetich (37), Mariano (69), Susaeta (70), Merkado (75), Nasri (84), Korrea (90), Echeyta (90), Kranevitter (90).
Deportivo – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Andone, 1:1 – 68 Grizmann.
Deportivo – Lyuks, Xuanfran, Arribas, Sidney, Luizinyu (Laure, 82), Borxes, Moskera, Fajr, Cholak (Bergantinos, 76), Kakuta (Navarro, 54), Andone.
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Parti, Gabi, Koke (Gaytan, 57), Korrea (Ferreyra Karrasko, 57), Gameyro (Torres, 65), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Andone (14), Luizinyu (45), Godin (74), Bergantinos (88).






