“O`gay ona”, “Erkatoy”, “Er bermoq-jon bermoq 2” kabi filmlardagi turfa xil obrazlari bilan kinotomoshabinlar e`tiborini qozongan aktrisa Dilnoza Umarova turmushga chiqmoqda.
Bu haqda aktrisa jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda aytib o`tdi.
“Shaxsiy hayotim bilan bog`liq sirni ochaman. Yaqinda unashtirildim. Shu yilning avgust oylarida to`yimiz bo`ladi”, —deydi Dilnoza.
Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” tahririyati nomidan aktrisaga baxt tilaymiz!