AsosiyShou-biznes

​Lola: “Odamlar o`zgalarning yutug`idan quvona olmaydi”

'​Lola: “Odamlar o`zgalarning yutug`idan quvona olmaydi”'ning rasmi

Xonanda Lola o`zining baxtini ko`rolmayotganlarga baxt, mehr-muhabbat tiladi.

“Xayrli tong, azizlarim. Avvalgi postlarimga yozib qoldirilgan izohlarni o`qir ekanman, yana bir marta shunga amin bo`ldimki, odamlar boshqalar uchun xursand bo`lishni bilmaydi. Ular o`zganing muvaffaqiyati va yutuqlarini hayrixohlik bilan qabul qila olmaydi.

Odamlarni baxti uchun kechirmaydi. Bizning odamlar shunday yaralgan. Rahm qilishga hamma vaqt tayyor, xursandchilikni bo`lishishga kelganda esa yurak dosh bermaydi! Bu qayg`uli. Men qayg`u va afsus bilan bu haqda yozmoqdaman. Har bir muvaffaqiyat ortida katta mehnat yotadi. Eng asosiysi esa hayotdagi eng og`ir damlarda ham ezgulikka ishonish. Hayotda sizdan biroz ko`proq yutuqlarga erishganlarga jahl qilmang, ulardan nafratlanmang. Aksincha, hozir nima haqida o`ylayotganingizga e`tibor bering. Axir, aynan shu o`ylaringiz sizning kelajagingizga aylanadi. Muhabbat, muvaffaqiyat, omad, baraka va xursandchilik haqida o`ylang va bular bilan kelajakda zavqlaning! Men hammaga baxt tilayman! Hammaga mehr-muhabbat tilayman!”, — deb yozdi xonanda Instagram`dagi sahifasida.

Xonanda bir kun oldin Spa-salonga borgani haqida ma`lum qilib, salonda tushgan suratlarini o`zining shaxsiy sahifasiga joylashtirgan edi. Mazkur suratlar aksariyat internet foydalanuvchilarining tanqidiga uchradi. Muxlislar xonandani har doimgidek ochiq-sochiq kiyinishda aybladi.

Boshqa yangiliklar