nson har qanday sharoitda ham insonligicha qolishi, eng qiyin lahzalarda ham boshqalarga yordam berishi lozim. Ba`zi bir odamlar qo`lidan ko`p ish kelishiga qaramay, ko`makka muhtoj odamni ko`rib, o`zini ko`rmaganlikka oladi. Axir kimgadir ozgina bo`lsa-da, yordam bersangiz, butun dunyo boyligini hadya etgandagidan ko`ra ko`proq quvonch va mehr-muhabbat ulashgan bo`lasiz.
Xitoylik Yu Xukang rafiqasi bilan ajrashib, kasalmand, yurolmaydigan o`g`li bilan qoldi. Bolaning betobligini ko`rgan yaqin oradagi maktablar uni o`qishga qabul qilmadi. Yolg`iz jigarporasini o`qitib, bilimli qilishni orzu qilgan ota uni har kuni maxsus savatga solib, 29 kilometr yo`lni piyoda bosib, maktabga olib boradi. Bolani maktabga qo`yib, uyga qaytadi. Mashg`ulotlari tugagandan keyin yana piyoda borib, savatga solgancha, uyga olib keladi. U farzandining o`ksimasligini, tengdoshlaridan ortda qolmasligini, aqlli inson bo`lib etishishini xohlaydi.
“Adme.ru” nashri.