1

​Jahongir Ahmedov: “Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhammedovalarning o`zaro munosabatlari tufayli ular bilan ishlashga qiynalyapman”

Shou-biznes 06.03.2017, 10:38
Teglar: Aktrisa, Film, Aktyor, Shahzoda Muhamedova
​Jahongir Ahmedov: “Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhammedovalarning o`zaro munosabatlari tufayli ular bilan ishlashga qiynalyapman”

z tomoshabiniga ega rejissyor Jahongir Ahmedov “Asal oyi” nomli galdagi komediyaga qo`l urdi. Komediyada bosh rollarni Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhamedova ijro etmoqda. Rejissyorning “Darakchi” gazetasiga ma`lumot berishicha, u bosh rol ijrochilari Shahzoda va Azamatning o`zaro munosabatlari yaxshi emasligi tufayli suratga olish jarayonlarida qiynalmoqda.

— Bosh rollarga aynan Shahzoda Muhamedova va Azamat Ahrorovni tanlashingizga sabab — ikkovining munosabati ayni damda muxlislar e`tiborida bo`lgani uchunmi?

— Ikkovining munosabati yaxshi emasligini Misrga etib kelganimizdagina payqadim. Rolga e`tirozsiz rozi bo`lishgan edi-da. Lekin bir-biriga ko`ngil qo`ygan oshiqlar rolini ijro etishlari juda mushkul bo`lyapti, ochig`i, qiynalyapman. Nazarimda, shaxsiy munosabatlarni ishga aralashtirmaslik kerak.

Film haqida: Mazkur kinokartinaning nomidan kelib chiqib, “Asal oyi” odatdagi komediyalardan biri-da”, deya xulosa chiqarishga shoshilmang. Filmda milliy qadriyatlarga qat`iy rioya qiladigan xonadonda ulg`aygan qiz va o`ta zamonaviy yigitning taqdiri, ular orasidagi tafovut xususida so`z boradi.

“Yoshlar orasida yuzaga kelgan “Zamonaviylik va milliylik qanday bo`lishi kerak?” degan savol e`tiborimni tortdi. Filmda mazkur tafovut aslida qanday echim topishi, ota-ona va farzandlar orasidagi muammolar, chet ellarda xoru zor bo`lib yurganlar va o`tkinchi hisga aldanib yaqinlaridan kechayotgan ba`zi taqdirlar ham ko`rsatilgan”, deydi rejissyor.

Bilasizmi?

● Filmda bosh rollarni Shahzoda Muhamedova, Azamat Ahrorov ijro etgan. Qolaversa, kinokartinada Ra`no Yarasheva, Saida Rametova, Matyoqub Matchonov, Murod Rajabov, Muhammadiso Abdulxairov, Dilshod Mirzamuratovni ham ko`rishingiz mumkin.

O`ziga xos dalillar:

● Ssenariy 2 oy yozilgan.

● Kinosinov 1 oy davom etgan. 1100 ta talabgorlar orasidan san`atga aloqasi bo`lmasa-da, iste`dodli 4 ta yigit-qiz tanlab olingan.

● Tayyorgarlik jarayoni 3 oy davom etgan. Suratga olish ishlari 18 fevraldan Misrning Sharm-ash-Sheyx shahridan boshlangan.

● Suratga olinadigan ob`ektlar 21 ta.

● Curatga olish ishlari 10 kun Misr, 4 kun Turkiya, 15 kun Toshkentda o`tadi.

● Bosh qahramon 2 ta.

● Personaj 34 ta.

● Jami ijodiy guruh a`zolari soni 67 ta.

● Premera may oyining o`rtalarida.

Sadoqat ALLABERGANOVA

tayyorladi

Sharhlar

DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

26.09.2021, 14:30

Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik. Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan. Ma`lumotga ko`ra, mazkur...
"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi

16.09.2021, 10:26

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal...
“Soddadil” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

16.08.2021, 17:46

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati...
Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1