Hindistonda yashovchi 23 yoshli Shabana Xatun ismli ayol ikki boshli va uch qo`lli chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb yozadi “Vesti”.
Ayolga nisbatan kesarcha kesish amaliyoti qo`llanildi. Jarrohlik amaliyotini sakkiz nafar akusher amalga oshirdi. Yosh ona homilasi egizak farzand deb o`ylagan edi. Chaqaloq tug`ilishi bilan u intensiv terapiya bo`limiga o`tkazilgan. Hindistonlik shifokorlar chaqaloq nima sababdan jiddiy patologiya bilan dunyoga kelganini aniqlay olishmadi. Ayolning aytishicha, u homiladorlik paytida hech qanday kasallik bilan og`rimagan. Afsuski, ikki boshli bolakay bir sutka ham yashamay, vafot etgan.