"Barselona" hujumchisi Neymar Evropa chempionlar ligasining 1/8 finalida "PSJ"ga qarshi (6:1) uchrashuvda urgan ikki golidan tashqari yana ikki golli uzatmaga mualliflik qildi.
Shuningdek, Neymar uchrashuvda "Barselona"ni keyingi bosqichga olib chiqqan Serxi Robertoning goliga ham assistentlik qilganini ta`kidlash lozim.
Braziliyalik hujumchi EChLning ushbu mavsumida 8 golga uzatma oshirgan bo`lib, mazkur ko`rsatkich musobaqa rekordini o`rnatdi.
Avvalroq Neymar hayotidagi eng yaxshi uchrashuvnini o`tkazgani haqida aytib o`tgandi.