AsosiySport

O`zbekistoning JCh–2018 saralashidagi raqibi Eron termasi Iroq bilan o`ynaydi

'O`zbekistoning JCh–2018 saralashidagi raqibi Eron termasi Iroq bilan o`ynaydi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Eron terma jamoasi 18 mart, shanba kuni Iroq termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur uchrashuv Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo`lib o`tadi Eron terma jamoasi uchun jahon chempionati saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Eron terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasini 23 mart kuni safarda Qatarga qarshi o`yin bilan boshlaydi.

Avvalroq Qatar terma jamoasi 9 mart, payshanba kuni Ozarbayjon termasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazishi haqida xabar berilgandi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 11 ochko to`plagan Eron terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O`zbekiston 9 ochko bilan uchinchi pog`onada bormoqda. 4–6 o`rinlarni mos ravishda Suriya (5 ochko), Qatar (4 ochko) va Xitoy (1 ochko) terma jamoalari egallagan.

Boshqa yangiliklar