1

​Toshkentda Navro`z bayrami tadbirlari o`tkaziladigan maskanlar ro`yxati e`lon qilindi

Jamiyat 09.03.2017, 15:55
Teglar: Bayram, Toshkent, Kamolot
​Toshkentda Navro`z bayrami tadbirlari o`tkaziladigan maskanlar ro`yxati e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 yilgi Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uyg`onishining ramzi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo`lmish Navro`zni keng nishonlashga tayyorgarlik ko`rilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahar hokimining qaroriga ko`ra, 2017 yilda bu qutlug` ayyomni yanada yuksak saviyada nishonlash bo`yicha shahar ishchi guruhi tuzilgan bo`lib, tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Unga ko`ra, shahardagi har bir korxona va tashkilotlar jamoada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylarini, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini, urush va mehnat faxriylariga, yoshi ulug` insonlar, tabbaruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama e`zozlash, ko`makka muhtoj insonlarga beg`araz yordam ko`rsatish bilan bog`liq xayriya tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Poytaxtimizda doimiy ravishda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirilib, haftaning shanba va yakshanba kunlari “Ozodalik kuni” deb e`lon qilindi. Shu o`rinda hamshaharlarimizni o`zimiz yashab turgan ko`cha, mahalla, faoliyat yuritayotgan ish joyi, qolaversa shahrimizda o`tkaziladigan xasharlarda faol ishtirok etib, uyg`onish va yasharishdan darak beruvchi qutlug` Navro`z bayramini munosib kutib olishga chorlaymiz.

21 mart kuni tumanlar kesimida 20 dan ziyod maydon va istirohat bog`larida maxsus tayyorlangan sahnalarda qadimiy urf-odatlarimizga xos bo`lgan dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxshilar, shoirlar, shuningdek professional ijrochilar va iste`dodli estrada artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o`yinlari (polvonlar musoboqasi, arqon tortish va hokazo) tashkil etiladi. Navro`z sayillari bo`lib o`tadigan maydonlar, sayilgohlar, istirohat bog`larida milliy va bahor taomlari savdosi yo`lga qo`yiladi.

Toshkent shahri aholisi va mehmonlari diqqatiga bayram tadbirlari o`tkaziladigan joylarni havola qilamiz:

Shayxontohur tumanida joylashgan “Lokomotiv – Anhor” madaniyat va istirohat bog`i yonidagi maydon

Bektemir tumanida joylashgan “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog`i hududi

Bektemir tumanidagi Binokor shaharchasi

Mirobod tumanida joylashgan “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog`i

“Temiryo`lchilar” madaniyat saroyi

“Mirzo Ulug`bek” nomidagi madaniyat va istirohat bog`i

M. Shastri maydoni yonidagi hudud (sobiq Hayvonot bog`i)

“Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog`i

Akademiklar shaharchasidagi Mirzo Ulug`bek haykali orqasidagi maydon

Sergeli tumanida joylashgan “Green Park” madaniyat va istirohat bog`i

Sergeli tumani hokimligi yonidagi “Kamolot” bog`i hududi

Uchtepa tumanida joylashgan “Bog`i shamol” madaniyat va istirohat bog`i

Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`i

Olmazor tumanida joylashgan “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog`i

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy bog`i

G`afur G`ulom nomidagi madniyat va istirohat bog`i

O`zbek Davlat sirki oldi maydoni

Shayxontohur tumanidagi “Ibn Sino” mavzesida yangitashkil etilgan bog` hududi

Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni

Toshkent Hayvonot bog`i oldi maydoni

Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`i

A. Pushkin bog`i hududi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi binosi oldi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma`naviyat ma`rifat markazi (sobiq “Aviasozlar” madaniyat saroyi) maydoni

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1