Istanbulda vertolyot halokatga uchrab, besh kishi qurbon bo`ldi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.
Sikorsky S-76 rusumli vertolyotning bortida etti kishi – ulardan ikki nafari uchuvchilar bo`lgan. NTV telekanali bergan ma`lumotga ko`ra, vertolyot Eczacibasi kompaniyasi guruhiga mansub bo`lib, yo`lovchilar orasida kompaniya rahbari va uning chet ellik mehmonlari, hamkorlari bo`lgan.
Hurriyet nashrining xabar berishicha, halok bo`lgan 5 nafar yo`lovchining 4 nafari rossiyalik fuqarolardir. Sikorsky S-76 rusumli vertolyot Turkiyaning Buyukchekmeje tumanidagi shahar avtomagistraliga qulagan. Voqea joyiga tez yordam xodimlari va qutqaruvchilar etib kelgan.






