AsosiyDunyo

​Facebook asoschisi Mark Sukerberg ikkinchi marta ota bo`ladi

'​Facebook asoschisi Mark Sukerberg ikkinchi marta ota bo`ladi'ning rasmi

Facebook asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan ikkinchi marotaba ota-ona bo`lish arafasida. Bu haqda Sukerberg o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.

“Biz Prissilla ikkalamiz sizlarga ikkinchi farzandimizni kutayotganimizni mamnuniyat bilan ma`lum qilamiz”,—deb yozdi Mark.

Uning so`zlariga ko`ra, Sukerbergning rafiqasida birinchi farzandiga homiladorlik davri o`ta murakkab kechgan. Shuning uchun ham ularning ikkinchi marta farzandli bo`lishi katta so`roq ostida qolayotgan edi.

“Prissillaning homiladorligi aniq bo`lgach, biz tug`ilajak farzandimiz sog`lom dunyoga kelishini tiladik. So`ng ikkinchi farzandim ham qiz bo`lishiga umid qildim. Qizim Maks uchun singildan boshqa yaxshiroq sovg`a bo`lishi mumkinligi haqida tasavvurga ham ega emasman”,—deydi Mark.

Facebook asoschisi shuningdek, o`zi unga ko`p narsani o`rgatgan uch nafar opalari bilan o`sgani haqida gapirib berdi. Uning rafiqasi Prissillaning ham ikki singlisi bor.

Ma`lumot uchun, Mark Sukerberg Bloomberg nashri talqiniga ko`ra dunyodagi eng badavlat insonlar 10 taligidan joy egallagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar