Qozog`istonning Almati shahrida yashovchi erkak ikki soatda qaychi yordamida 8 ta avtomashina eshiklarini ochib, o`g`irlik qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.
Ilgari sudlangan 30 yoshli erkak qaychi bilan qurollanib, 8 ta avtomashinadan spirtli ichimliklar, videoregistrator, antiradarni o`g`irlagan. Uning aytishicha, ilgarilari hech qachon avtomashinalarni o`marmagan, elektrpayvandchilik hunari bo`lsa-da, sudlanganligi uchun hech qaerga ishga olishmaganligi tufayli oilasini, bolalarini boqish uchun mazkur jinoyatga qo`l urgan. Erkak qo`lga olindi va aybiga to`liq iqror bo`ldi, Almati polisiyasi tomondan tergov ishlari olib borilmoqda.