AsosiyDunyo

​Berlin aeroporti xodimlari ish tashlashi tufayli 600 dan ortiq reys bekor qilindi

'​Berlin aeroporti xodimlari ish tashlashi tufayli 600 dan ortiq reys bekor qilindi'ning rasmi

“Tegel” va “Shenefeld” nomli ikki Berlin xalqaro aeroportining er usti xizmati xodimlari dushanba kundan ish tashladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Ish tashlash tufayli 642 ta reys bekor qilinadi.

Kasaba uyushmasi xodimining ma`lumot berishicha, samolyotlarga xizmat ko`rsatish mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da to`xtatiladi. Germaniyaning etakchi aviatashuvchi kompaniyasi bo`lgan Lufthansa kompaniyasi umumiy hisobni aytmagan holda, 13 mart kuni Berlindan Frankfurtga, Myunxenga uchadigan reyslari bekor qilinishini e`lon qildi. O`tgan hafta ham aeroport xodimlari ish tashlash e`lon qilganligini tufayli 650 ta reys bekor qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar