AsosiyDunyo

​CNN boshlovchisi jonli efirda inson miyasini edi (Video)

'​CNN boshlovchisi jonli efirda inson miyasini edi (Video)'ning rasmi

AQShning etakchi telekanallaridan biri hisoblanuvchi CNN telekanali boshlovchisi Reza Aslanning kanniballar bilan birga jonli efirda inson miyasini eyishi katta janjalga sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Amerikaning CNN telekanali boshlovchisi hindlarning Agxori diniy sektasi haqida jonli efirda ko`rsatuv olib borayotganda, ular bilan birga diniy marosimda inson miyasini eyishi tomoshabinlarning noroziligiga va katta janjal ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Uni nafaqat tomoshabinlar, balki hindlarning o`zi ham tanqid qildi. Reza Aslan mazkur kanalda “Xudoga ishonuvchi” degan ko`rsatuvni olib boradi. Bu epizod Hindistonda suratga olingan bo`lib, unda sektantlar vafot etgan odamning kulini boshlovchiga surtgani, keyin jasadning jag` suyagidan yasalgan shodani uning boshiga taqqanligi aks etgan.

Boshlovchi o`zining Facebook sahifasida olovda pishirilgan inson miyasi unga pista ko`mir ta`mini eslatganligini yozdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Aslanni kannibalizmda, CNN telekanalini esa shu yo`l bilan reytingini ko`tarmoqchi bo`lganlikda ayblashdi.


    Boshqa yangiliklar