“Real Madrid” jamoasi himoyachisi va sardori Serxio Ramos “Betis”ga qarshi (2:1) La Liga 27-tur o`yinida gol kiritib, madridliklarga g`alaba keltirdi.
Ramos joriy mavsumdagi 10-golini kiritishga muvaffaq bo`ldi. 30 yoshli futbolchi shu kungacha faoliyati davomida bir mavsumda 10 ta gol urmagan edi.
Ushbu g`alabadan so`ng “Real” 62 ochko bilan 1-o`ringa ko`tarilib oldi va eng yaqin ta`qibchisi “Barselona”dan (60 ochko) ikki ochko o`zib ketdi. Shuningdek, madridliklar hisobida bitta zaxira o`yini mavjud.