Amerikalik mashhur Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashishlari oldidan birgalikda “Er-xotinlik” tatuirovkasini chizdirishdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”nashri.
Nashrning ma`lumot berishicha, ular tatiurovkani birgalikda Kambodja safariga borganda chizdirishdi.
Tatuajni tailandlik tatuaj ustasi Adjarn Nu Kanpai chizdi. Joli 2016 yilda uni birga ishlash uchun Bangkokdan Siemreapga olib kelgan. Ma`lumotlarga ko`ra, Joli o`ziga uchta, Pittga bitta tatuirovka buyurtma qilgan. Nashr tatuaj dizayni Joli bilan Pitt o`rtasidagi majoziy ma`nodagi aloqani ifodalashini taxmin qildi.






