“Evrovidenie-2017” musiqiy tanlovining ishtirokchisi, rossiyalik xonanda Yuliya Samoylova Ukrainaning “Mirotvores” sayti tomonidan davlat dushmanlarining ro`yxatiga kiritildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Bu haqda resurs vakili Miroslav Oleshko o`z Twitter sahifasida xabar qoldirdi.
“Rossiyalik xonanda, Kievda o`tkaziladigan “Evrovidenie-2017” ko`rik tanlovida Rossiya sha`nini himoya qilishi lozim bo`lgan Yuliya Samoylova “Mirotvores”ning qora ro`yxatiga kiritildi”, deb yozdi u.
Saytning ma`lumot berishicha, Yuliya Samoylova 2015 yilda bir guruh uyushgan to`da bilan birga Ukraina davlat chegarasini noqonuniy ravishda buzib kirgan. Shu bilan birga Yuliya Samoylovaning “VKontakte”dagi havolasi, yashash joyi, tug`ilgan yili, shaxsiy telefon raqami haqida ham saytda axborot berilgan.

“Mirotvores” — Ukraina davlatiga qarshi bo`lgan dushmanlar haqidagi axborot va ma`lumotlar bazasi hisoblanadi. U Ukraina IIV kollegasi a`zosi, Yuqori Radaning deputati Anton Gerashenko tashabbusi bilan yaratilgan. Sayt 2015 yilning yanvar oyidan beri ishlaydi. Unga Ukraina siyosatiga qarshi bo`lgan shaxslarning shaxsiy ma`lumotlari joylashtiriladi va ularning aksariyat qismi Ukraina radikallari tomonidan ta`qib ostiga olinadi.






