AsosiyShou-biznes

​Dilso`z: “San`atda tanish-bilish avj olgan”

'​Dilso`z: “San`atda tanish-bilish avj olgan”'ning rasmi

Xonanda Dilso`z jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda muxlislarini qiziqtirgan ko`plab savollarga javob berdi.

Xususan, Dilso`z ayrim hollarda san`atni tark etish istagi paydo bo`lishini ma`lum qildi. “San`atdagi nohaqlikni nimada ko`rasiz?” degan savolga xonanda quyidagicha javob beradi:

—O`zbekchilikda, san`atda tanish-bilish avj olgan. Kimnidir tanishi bo`lganidan, kimnidir orqasidan ko`tarilish san`atda ko`p uchraydi. Iste`dodli inson bilan iste`dodsiz inson yuzma-yuz kelganida kattaroq tanishi bo`lgan iste`dodsiz inson yutib ketadi. Chunki iste`dodli insonning orqasida hech kim yo`q, uning tanishi, puli yo`q. Mana shunday holatlarni ko`rganimda, san`atdan voz kechib, hammasiga qo`l siltab ketgim keladi.

“Tanishining orqasidan ko`tarilgan, nimagadir erishgan inson avvalo o`ziga Men shunga munosibmanmi, degan savolni berishi kerak. Agar o`sha odam olgan mukofotiga munosib bo`lsa, hamma tan beradi. Lekin munosib bo`lmasa, o`z mehnati bilan ko`tarilayotgan, izlanib,mehnat qilayotgan boshqa san`atkorlar oldida vijdoni qiynalishi kerak”,—deydi xonanda san`atdagi nohaqliklar haqida gapirib.

Boshqa yangiliklar