AsosiyDunyo
12601

​Bo`g`ma ilonni qo`li bilan tutgan erkak (Video)

'​Bo`g`ma ilonni qo`li bilan tutgan erkak (Video)'ning rasmi

Erkak avvaliga ulkan bo`g`ma ilonning jahlini chiqardi, keyin esa yalang`och qo`li bilan uni ushladi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Jonny Jon nikli YouTube foydalanuvchisi olachipor bo`g`ma ilonni qo`li bilan tutib, maxsus savatga joylagan erkak aks etgan videorolikni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Avvaliga u bo`g`ma ilonning jahlini chiqarib, uning hujumlaridan chaqqonlik bilan qochdi. Oradan bir necha daqiqa o`tgach, epchillik bilan bo`g`ma ilonning boshidan tutib, katakka joylashtirdi.

Olachipor bo`g`ma ilon zaharsiz sudraluvchilar oilasiga mansub bo`lib, asosan Osiyo mintaqasida yashaydi. U dunyodagi eng ulkan ilon hisoblanib, uzunligi 8 metrga etadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar