AsosiyJamiyat

​O`qishga qatnamaydigan o`quvchilarlarning ota-onalariga nisbatan keskin choralar ko`riladi

'​O`qishga qatnamaydigan o`quvchilarlarning ota-onalariga nisbatan keskin choralar ko`riladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligida tashkil etilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, IIBB, Xotin-qizlar qo`mitasi, Xalq ta`limi bosh boshqarmasi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH shahar Kengashi hamkorligida qabul qilingan “2016-2017-o`quv yilida umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarda o`quvchilar davomatini to`liq ta`minlash, 9-sinf bitiruvchilarini o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga o`qishga qamrab olishni amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qo`shma qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil axborot berildi.

Ushbu qo`shma qaror o`quv va ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan yoshlardagi Vatanga bo`lgan g`urur va iftixorni shakllantirish, ularning qalbidagi vatanparvarlik tuyg`usini yanada yuksaltirish, har tomonlama barkamol bilimli yoshlarni kamol toptirish, yoshlar va ayollar, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari jinoyatchiligi borasidagi ahvolni yaxshilash, umumta`lim maktablari va o`rta maxsus kasb hunar kollejlarida o`quvchilarni darslarga qatnashishini to`liq ta`minlash maqsadida qabul qilingan.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida joylashgan ta`lim muassasalarida o`quvchilar davomatini yaxshilash va umumta`lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga qamrab olish bo`yicha shahar va tuman hokimliklarida doimiy ishlovchi ishchi guruhlar tuzildi, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.

Shu nuqtai nazardan endi ta`lim muassasalariga o`qishga qatnamaydigan o`quvchilar va ularning ota-onalariga hamda unga mas`ul bo`lgan, real davomatni yashirgan ta`lim muassasalari rahbar xodimlariga nisbatan keskin choralar ko`riladi.

Qo`shma qarorda o`n kun muddatda ta`lim muassasalarida ishga qabul qilingan “Kamolot” YoIH etakchilari bilan birgalikda ta`lim muassasalari ichki intizomiga bo`ysinmaydigan o`quvchilarning ro`yxatlarini tuzish;

bir hafta muddatda barcha ta`lim muassasalaridagi real davomatni aniqlash;

mahalla profilaktika inspektorlarini ta`lim muassasalariga biriktirish;

profilaktika inspektorlari va fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan sababsiz surunkali dars qoldirayotgan, ta`lim muassasasining ichki tartib intizomiga bo`ysinmaydigan, huquqbuzarlikka moyil o`quvchilar bilan manzilli ishlab, jamoatchilikni jalb qilgan holda, ularning ota-onasiga tushuntirish ishlarini olib borish;

farzandlari tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi, shuningdek ular tarbiyasiga e`tiborsiz ota-onalar bilan alohida ish olib borish va tuman hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar yig`ilishini o`tkazib, o`z vakolati doirasida tegishli choralar ko`rish belgilangan.

Shuningdek, mazkur qo`shma qarorda ta`lim muassasalarida tashkil etilgan fan, sport va boshqa yo`nalishdagi to`garaklar faoliyatini ham tubdan qayta ko`rib chiqish masalasi qamrab olingan.

Qo`shma qarorda yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta`lim muassasalari qoshidagi to`garaklar faoliyatining real holatini o`rganish ko`zda tutilgan.

Joriy yilning 1 aprel kuniga qadar ta`lim muassasalaridagi mavjud to`garaklar ishini tubdan yaxshilash yoki ular faoliyatini boshqa yo`nalishdagi to`garaklarga o`zgartirish hamda ular faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan aniq takliflar tayyorlanadi.

Shuningdek, bu qo`shma qaror bilan tegishli mas`ullarga joriy yilda umumta`lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini ta`limning keyingi bosqichiga qamrab olish yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar