Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCh–2018 turniri “A” guruhi 7-turidan o`rin olgan O`zbekiston– Qatar uchrashuvi rasmiylarini tayinladi.
Uchrashuv bosh hakami etib iroqlik Muhammad Qosim Sarray tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Muayyad Ali va Vothiq Obaid al-Suaydi ishlaydi. To`rtinchi hakam vazifasini ham iroqlik Zoid Tamer Muhammad bajaradi.
Hakamlar nazoratchisi – Yoqub Muhammad Rodzali (Malayziya). Uchrashuv komissari etib hindistonlik Prins Rufus tayinlandi.
O`zbekiston va Qatar o`rtasidagi bellashuv Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 18:00 da start olishi ko`zda tutilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to`plagan holda to`rtinchi o`rinni band qilib turibdi.






