Evropa chempionlar ligasi nimchorak final javob o`yinida “Monako” o`z maydonida “Manchester Siti” futbolchilarini qabul qildi.
Ilk uchrashuvda “shaharliklar” 5:3 hisobida zafar quchgandi va ko`pchilik Gvardiola jamoasini keyingi bosqichda ko`rishga umid qilgandi. Biroq frasuzlar kutilmaganda 3:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo`l oldi.
Shu tariqa, Xosep Gvardiola boshqarayotgan jamoa Evropa chempionlar ligasida bitta uchrashuvda beshta gol urib, keyingi bosqichga chiqolmagan birinchi jamoa bo`ldi
Monako (Monako) – Manchester Siti (Angliya) 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Mbappe, 2:0 – 29 Fabino, 2:1 – 71 Sane, 3:1 – 77 Bakayoko.
Monako – Subashich, Sidibe, Radji (Ture, 70), Jemerson, Mendi, Bernardu Silva, Fabino, Bakayoko, Lemar, Jermen (Dirar, 90), Mbappe (Moutinyu, 81).
Manchester Siti – Kabalero, Sanya, Stounz, Kolarov, Klishi (Ixeanacho, 84), Fernandino, Sterling, de Bryuyne, Silva, Sane, Aguero.
Ogohlantirish: Sanya (11), de Bryuyne (58), Bakayoko (59), Sterling (74), Jermen (89), Lemar (90).
Dastlabki uchrashuv: 3:5.