AsosiyDunyo
15859

​Egizak opa-singillar g`ayrioddiy sochlari bilan mashhur bo`ldi (Foto)

'​Egizak opa-singillar g`ayrioddiy sochlari bilan mashhur bo`ldi (Foto)'ning rasmi

Egizak opa-singillar o`zlarining “kamchiligi”ni zamonaviy o`ziga xos xususiyatga aylantirishdi, deb xabar berdi “Lady.mail.ru” nashri.

Egizak opa-singil Kipriana Kuan va TK Wonder o`zlarining boshqalarga o`xshamagan tashqi qiyofasidan juda tortinishardi. Ularning sochi uzun bo`lish bilan birga, taraganda ham hurpayib turardi. Qizlar mazkur muammoni bartaraf etish uchun sochlarini kalta qilib kesishdi, ammo bunday soch turmagi ularga yarashmadi. Opa-singillar bolaligidan boshlab, hurpaygan sochlari uchun qo`shni bolalar masxaralaganini, keyinchalik esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham ularning safiga qo`shilganini tan olishdi.

Shunga qaramay, egizaklar Instagram ijtimoiy tarmog`ida Urban Bush Babes blogini yuritib, unga fotosuratlarini va soch go`zalligi haqidagi maslahatlarini joylashtirishdi. Akkauntga nafaqat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, balki IMG Models modalar agentligi ham e`tibor qaratdi.

Bugungi kunga kelib, opa-singillar mashhur brendlarning reklama roliklarida, Vogue, Marie Claire va W Mag jurnallari muqovasida suratga tushishga ham ulgurishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar