Shu yilning 6–11 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o`quv-mashg`ulotlarida bo`lib, BAA yoshlariga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yinida maydonga tushgan O`zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig`inni aprel oyi o`rtalarida o`tkazadi.
Aleksandr Mochinov qo`li ostidagi jamoa 16–21 aprel kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida jam bo`ladi. Yig`in doirasida O`zbekiston yoshlar termasi 18 va 20 aprel kunlari serbiyalik tengdoshlariga qarshi o`rtoqlik o`yinlari o`tkazadi.
Navbatdagi yig`in O`zbekiston U-19 terma jamoasining 2018 yili yoshlar o`rtasida bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasidan o`rin olgan. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.






