AsosiySport

Joze Mourino o`yin vaqtida Roxoga banan berdi

'Joze Mourino o`yin vaqtida Roxoga banan berdi'ning rasmi

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino “Rostov”ga qarshi EL 1/8 final o`yini vaqtida klub himoyachisi Markos Roxoga banan berdi.

Sports.uz nashrining ma`lum qilishicha, Argentinalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisdan bananni qabul qildi va maydonda uni iste`mol qildi. O`yindan keyin portugaliyalik mutaxassis nima uchun argentinalik futbolchiga banan berganini ma`lum qildi.

“Agar umringiz davomida charchoq alomatlarini sezgan bo`lsangiz, organizim nima talab qilishini bilishingiz kerak. Rozo banan so`radi va bu kulguli emas. Bu futbolchiga hurmat bilan qarash kerak”, – dedi Mourino.

Eslatib o`tamiz, “MYu” ikki o`yin natijasiga ko`ra (2:1) “Rostov”ni mag`lubiyatga uchratib, Evropa Ligasi chorak finaliga yo`l oldi.

Boshqa yangiliklar