AsosiySport

O`zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar va Kanada yoshlariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

'O`zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar va Kanada yoshlariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi'ning rasmi

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi 21–27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi.

Yig`in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi.

Doha shahridagi yig`inga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Umidjon Ergashev;

Himoyachilar: Akram Komilov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Husniddin G`ofurov, Islomjon Qobilov, Dostonbek Tursunov;

Yarim himoyachilar: Hurshid G`iyosov, Azizjon G`aniev, Doston Ibragimov, Javohir Sidiqov, Jasurbek Yaxshiboev, Abdujamol Isroilov, Jamshid Yusupov, Nurillo To`xtasinov, Javohir Qahramonov;

Hujumchilar: Andrey Sidorov, Zabihillo O`rinboev, Begzod G`anijonov.

Mazkur o`quv-mashg`ulotlar yig`ini O`zbekiston U-22 terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

Kecha, 17 mart kuni bo`lib o`tgan qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston U-22 terma jamoasi saralashning “D” guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida Jasur Abduraimov jamoasi BAA, Livan va Nepal yoshlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar shu yilning 15–23 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o`tkaziladi.

Boshqa yangiliklar