AsosiySport
4768

La Liga. “Real” safarda bir amallab “Atletik” ustidan zafar quchdi

'La Liga. “Real” safarda bir amallab “Atletik” ustidan zafar quchdi'ning rasmi

Ispaniya chempionati 28-turida “Real Madrid” safarda “Atletik Bilbao” mehmoni bo`ldi. Mazkur o`yinda madlidliklar qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchdi.

O`yinning 25-daqiqasida Karim Benzema madridliklarni oldinga olib chiqdi. 65-daqiqaga kelib hisob tenglashdi. Aris Aduris gol muallifi bo`ldi – 1:1.

O`yindagi hal qiluvchi golni Karlos Kazemiro kiritdi. Aynan uning goli “Real”ga qimmatli 3 ochkoni taqdim qildi.

Atletik – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 25 Benzema, 1:1 – 65 Aduris, 1:2 – 68 Kazemiro.

Atletik – Arrisabalaga, Inigo Lekue (Muniain, 59), Laport, Yeray Alvares, De Markos, Raul Garsiya (Susaeta, 86), Iturraspe, Inyaki Uilyams, Benyat (Mikel Riko, 79), Balensiaga, Aduris.

Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Vaskes, 62), Kazemiro, Kroos, Beyl, Ronaldu (Isko, 79), Benzema (Morata, 85).

Ogohlantirishlar: Aduris (28), Karvaxal (28), Kazemiro (31), Kroos (71), Navas (90).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar