Bugun, 19 mart kuni futzal bo`yicha ayollar o`rtasidagi XIII O`zbekiston chempionati 3-bosqich 4-turida Qarshining “Sevinch” jamoasi G`uzorning “Sho`rtan Lady” futzalchilariga qarshi bahs olib bordi.
Voha derbisi maqomida o`tgan uchrashuvda “Sevinch” 4:1 hisobida zafar quchib, muddatidan avval 13 karra O`zbekiston chempioniga aylandi.
Ertaga, 20 mart kuni chempionatning kumush medal egalari aniqlanadi. Bunga asosiy davogarlar – G`uzorning “Sho`rtan Lady” hamda Toshkentning “TATU” jamoalaridir. “Sevinch” esa ertaga chempionatning so`nggi uchrashuvini poytaxtning “Yuzrabot” futzalchi qizlariga qarshi o`tkazadi.
Futzal bo`yicha XIII O`zbekiston chempionati.
3-bosqich, 4-tur
19.03.2017
“Sevinch” (Qarshi) – “Sho`rtan Lady” (G`uzor) 4:1
Gollar: 1:0 – Maftuna Shoyimova 8, 2:0 – Shodiya Tosheva 8, 2:1 – Shoira Qulturaeva 11, 3:1 – Kamola Risqieva 13, 4:1 – Ilvina Ablyakimova 25.
“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Risqieva (s), 17.Tanzila Zarbieva, 11.Shahzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 7.Shahnoza Qurbonova, 25.Maftuna Shoyimova, 20.Maftuna Panjieva, 27.Shodiya Tosheva, 9.Sevara Normurodova, 37.Malika Burxonova, 72.Nilufar Qudratova, 19.Oliya Ahmedova.
“Sho`rtan Lady”: 22.Sarvinoz Ergasheva, 11.Fazilat Bahromova, 6.Zebo Jo`raeva (s), 19.Dildora Ergasheva, 18.Shoira Qulturaeva, 7.Uldona To`xtaeva, 3.Yulduz Shodieva, 2.Muxlisa Mirzayorova, 29.Jesika Kruchinina, 1.Zarina Saidova.






