AsosiySport

APL. “Liverpul” va “Manchester Siti” murosa ko`chasini tanladi

'APL. “Liverpul” va “Manchester Siti” murosa ko`chasini tanladi'ning rasmi

Angliya chempionati 29-tur markaziy o`yinida “Manchester Siti” va “Liverpul” klublari o`zaro bahs olib borishdi. Qizg`in kurashlarga boy o`yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Jeyms Milner penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 69-daqiqada Serxio Aguero muvozanatni tiklashga muvaffaq bo`ldi.

Uchrashuvning qolgan qismida gollar kiritilmadi va tomonlar 1:1 hisobidaga durangga rozi bo`lishdi.

Manchester Siti – Liverpul 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 0:1 – 51, penalti Milner, 1:1 – 69 Aguero.

Manchester Siti – Kabalero, Klishi, Stounz, Otamendi, Fernandino, Sane (Fernando, 83), Ture (Sanya, 65), Sterling, Silva, de Bryuyne, Aguero.

Liverpul – Minole, Klavan, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 73), Veynaldum, Firmino (Leyva, 89), Lallana, Mane, Djan, Milner.

Ogohlantirishlar: Firmino (16), Ture (22), Matip (43), Klishi (50), Silva (50), Mane (89).

Boshqa yangiliklar