AsosiySport

Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiylar uchun o`quv kurslari bo`lib o`tmoqda

'Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiylar uchun o`quv kurslari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Toshkent shahrida 20 mart kuni jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiylar uchun “Level 1 B” xalqaro murabbiylik sertifikati kurslari boshlandi.

O`zbekiston futbol Federasiyasi hamda Osiyo futbol konfederasiyasi hamkorligida tashkil etilgan o`quv kurslar poytaxtdagi “Chig`atoy” o`quv-mashg`ulotlar bazasida bo`lib o`tmoqda va 24 martga qadar davom etadi.

Amaliy va nazariy mashg`ulotlarni OFKning eronlik instruktori G`ulom Reza Jahoniy olib boryapti. OFK instruktoriga O`FF texnik bo`limi boshlig`i Olim Arifov assistentlik qilmoqda.

Boshqa yangiliklar