AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi o`yin oldidan rasmiy mashg`ulot o`tkazdi

'O`zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi o`yin oldidan rasmiy mashg`ulot o`tkazdi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Malayziyaning Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium maydonida Suriyaga qarshi o`yin oldidan rasmiy mashg`ulot o`tkazdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mashg`ulotlarda Vitaliy Denisovdan tashqari termaga chaqirilgan barcha futbolchilar ishtirok etdi. Avvalroq terma jamoa himoyachisi jarohati tufayli Malayziyaga kelmagani haqida xabar qilingandi.

O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachis Server Jeparov Suriyaga qarshi o`yin oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanida o`z fikrlarini bildirib o`tgandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi ertaga, 23 mart kuni JCh–2018 turniriga sarlash bosqichi “A” guruhi 6-turida Suriyaga qarshi bahs olib boradi. O`yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar