AsosiySport

Germaniya terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Angliyani mag`lubiyatga uchratdi

'Germaniya terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Angliyani mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Germaniya terma jamoasi FIFA kunlarini samarali o`tkazish maqsadida Angliya termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi.

Mazkur o`yinda Lukas Podolskining 69-daqiqada kiritgan goli nemislarga g`alaba keltirdi. 31 yoshli futbolchi so`nggi marta Germaniya termasiga chaqirilgan edi va u bundan imkoniyatdan unumli foydalandi.

Qayd etish kerakki, Podolski Germaniya termasidagi faoliyatida 49 ta gol urgan.

Germaniya – Angliya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 69 Podolski.

Germaniya – ter Stegen, Xummels, Ryudiger, Xektor, Vaygl (Djan, 66), Kimmix, Sane, Kroos, Brandt (Shyurrle, 59), Podolski (Rudi, 84), Verner (Myuller, 77).

Angliya – Xart, Keyxill, Smolling (Stounz, 84), Bertran (Shou, 83), Kin, Alli (Lingard, 71), Livermor (Uord-Prouz, 83), Lallana (Redmond, 66), Dayer, Uoker, Vardi (Reshford, 70).

    Boshqa yangiliklar