AsosiySport

​Futbolchi Shohruh Gadoev uylandi(Foto)

'​Futbolchi Shohruh Gadoev uylandi(Foto)'ning rasmi

22 mart, chorshanba kuni futbolchi Shohruh Gadoev oila qurdi. To`y Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida bo`lib o`tdi. Bu haqda xonanda Bunyodbek Saidov o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi.

“Bugun O`zbekistonning mashhur futbolchisi Shohruh Gadoevning nikoh to`yida xizmatdamiz. Baxtli bo`lishsin”,—deb yozadi Bunyodbek Saidov.

Qarshining “Nasaf” klubi sobiq futbolchisi, yarim himoyachi Shohruh Gadoev ayni damda Baxraynning “Muharraq” klubida to`p suradi.

Ta`kidlash kerakki, 26 yoshli futbolchi O`zbekiston milliy terma jamoasi safida shu vaqtga qadar 12 uchrashuvda maydonga tushib, bir golga mualliflik qilgan.








Boshqa yangiliklar