O`zbekiston milliy terma jamoasi Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium maydoniga etib keldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi a`zosi Viktor Jalilov Suriyaga qarshi o`yin oldidan o`z fikrlarini qisqacha bildirib o`tdi.
“So`nggi saralash bosqichining ikkinchi davrasi ostonasida turibmiz. Birinchi davrada raqiblar bir-birini yaxshi o`rgandi. Shundan kelib chiqqan holda har bir jamoa o`z strategiyasini ishlab chiqqan”, – dedi Viktor Jalilov.
Viktor Jalilov Malayziyadagi issiq ob-havo o`yin natijasiga ta`sir qilish-qilmasligi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
“Albatta, issiq va nam ob-havo o`yinga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qo`ymaydi. Hozir O`zbekistonda havo bu darajada issiq emas. Shuning uchun bu erdagi iqlimga ko`nikishga harakat qildik”, – dedi tajribali mutaxassis.
10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...