O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Suriyaga qarshi (0:1) JCh-2018 saralashi 3-bosqichidan o`rin olgan uchrashuvdan so`ng matbuot anjumanida ishtirok etdi va guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash uchun hali imkoniyat borligini ta`kidladi.
“Bugun futbol ko`rmadik, boisi maydon holati unchalik yaxshi emas edi. Bugungi sharoitlarni hisobga olib, yaxshiroq o`yin namoyish etish va xarakter ko`rsatishimiz talab etilgan edi. Bugungi mag`lubiyatdan afsusdamiz, ammo O`zbekiston terma jamoasi hamon uchinchi o`rinda va imkoniyatlarini yo`qotmagan. Biz oldinga harakat qilamiz va keyingi o`yinlarda g`alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Umid qilamanki, keyingi o`yinlarda optimal tarkibda maydonga tushamiz va albatta, g`alaba qozonamiz. Futbolchilarga o`yin uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular qattiq mehnat qilishdi va bor kuchlari bilan o`ynashdi. Ularga e`tirozim yo`q” , - deydi Babayan.

“Guruhdagi terma jamoalarda oldinga harakat qilishlari uchun yaxshi imkoniyat bor. O`ylaymanki, barcha kurash hali oldinda va barcha jamoalarda yaxshi imkoniyat bor. Keyingi o`yinda Qatarga qarshi o`ynaymiz. Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko`ramiz va umid qilamanki, Qatarni yuta olamiz”, - deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.






