AsosiySport

O`zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar yoshlarini mag`lubiyatga uchratdi

'O`zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar yoshlarini mag`lubiyatga uchratdi 'ning rasmi

Shu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston U-22 terma jamoasi bugun, 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi.

“Xamad Bin Halifa” stadionida o`tkazilgan bellashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi jamoa 3:1 hisobida zafar quchdi. O`zbekiston U-22 safida barcha gollarga Zabihillo O`rinboev mualliflik qildi.

O`zbekiston U-22 terma jamoasi navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvini Kanada yoshlariga qarshi o`tkazadi. Ushbu o`yin 25 mart, shanba kuni bo`lib o`tadi.

Mazkur o`quv-mashg`ulotlar yig`ini Jasur Abduraimov jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

O`rtoqlik uchrashuvi
Qatar, Doha
23 mart, payshanba

Qatar U-22 – O`zbekiston U-22 — 1:3

Gollar: Zabihillo O`rinboev (1, 55, 60)

O`zbekiston: Botirali Ergashev (Umid Ergashev, 85), Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Husniddin G`ofurov (Islom Qobilov, 85), Abdujamol Isroilov (Xojiakbar Alijonov, 85), Aziz G`aniev (Hurshid G`iyosov, 52), Jasur Yaxshiboev (Begzod G`anijonov, 75), Jamshid Yusupov (Javohir Siddiqov, 29), Javohir Kahramonov (Dostor Ibragimov, 75), Akramjon Komilov (Xushnudbek Avilov, 85), Zabihillo O`rinboev (Andrey Sidorov, 75).

Boshqa yangiliklar