AsosiySport

JCh saralashidagi raqiblar: Eron safarda Qatarni kichik hisobda mag`lub qildi

'JCh saralashidagi raqiblar: Eron safarda Qatarni kichik hisobda mag`lub qildi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqiblari – Qatar va Eron “A” guruhi 6-turida o`zaro bahs olib bordi.

Doha shahridagi Jassim Bin Hamad Stadium maydonida o`tgan o`yinda Karlush Keyrush shogirdlari 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga 52-daqiqada Mehdi Tameri mualliflik qildi.

Eron terma jamoasi ochkolari sonini 14 taga etkazib oldi va “A” guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikinchi, O`zbekiston esa 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda.

JCh–2018 saralashi, 6-tur
Doha, Qatar
23 mart, payshanba

Qatar – Eron 0:1

Gol: Mehdi Tameri (52)

Ogohlantirishlar: Pedro Migel (45) Bualem Xuki (86) – Milad Muhammadi (6), Mehdi Taremi (86), Alirizo Beyranvand (87).


Boshqa yangiliklar