Gollivudning eng go`zal juftliklaridan biri bo`lgan Bred Pitt va Anjelina Joli o`tgan yili ajrashgan edi, ammo ular endi yarashib, bir-biri bilan gaplashmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, aktyorlar do`stona munosabatda bo`lishga qaror qilishgan. Sobiq er-xotinlar farzandlariga oilaviy korxonani taqdim etishni ko`zda tutishmoqda.
Ajrim jarayonidagi janjal-to`polonlardan charchagan Bred Pitt endi o`zini baxtiyor his etmoqda. G`iybat qilishdan erinmagan odam borki, ularning ajrim jarayonini muhokama qilishdan charchamadi. Juftlik uchun og`ir damlar ortda qoldi.
Eslatib o`tamiz, Anjelina Joli va Bred Pitt qariyb 10 yil birga yashashdi. 2014 yilda munosabatlarini rasmiylashtirishdi. Ularning uch farzandi bo`lishiga qaramay, yana uchta bola asrab olishgan. 2016 yilning 19 sentyabr kuni Anjelina Joli ajrashish uchun sudga ariza berib, Bredni farzandlariga nisbatan zo`ravonlikda ayblagan edi.