AsosiySport
3622

Karim Benzema Ronaldu kam gol urayotganini aytdi

'Karim Benzema Ronaldu kam gol urayotganini aytdi'ning rasmi

“Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema jamoadoshi – portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi munosabatda ekanini yashirmadi.

“Ronaldu bilan munosabatlarimiz o`zgacha, axir u bilan 8 yildan buyon bitta jamoada to`p surib kelmoqdamiz. O`yin vaqtida bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Uning harakatlari tezkor, kerak vaqtda esa raqiblarni chalg`itishga qodir. Ammo bu mavsumda u odatdagidan kam gol urmoqda, lekin ko`p golli uzatma beryapti”, – dedi fransiyalik hujumchi.

Ma`lumot uchun, “Real” joriy mavsumda La Ligada 27 ta o`yin o`tkazdi, Krishtianu Ronaldu esa shularning 22 tasida qatnashib, 19 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar