O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida Qatar termasini Toshkentda qabul qiladi.
28 mart, seshanba kuni bo`lib o`tadigan uchrashuv “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da start oladi. Quyida OAV xodimlari uchun O`zbekiston – Qatar uchrashuvi oldidan bo`lib o`tadigan media tadbirlar haqida ma`lumot keltirilgan.
27 mart, dushanba. “Bunyodkor” stadioni
11:00. Qatar terma jamoasining o`yin oldi matbuot anjumani.
11:30. O`zbekiston terma jamoasining o`yin oldi matbuot anjumani.
Matbuot anjumanidan keyin akkreditasiyadan o`tgan jurnalistlarga media tribunaga chipta beriladi.
17:00. O`zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg`uloti.
18:00. Qatar terma jamoasining rasmiy mashg`uloti.
28 mart, seshanba. “Bunyodkor” stadioni
15:00 – 16:00. “Bunyodkor” stadioni hududiga kirish.
16:00 – 16:30. Jamoalar tarkibi – “start list” tarqatiladi.
16:30 – 17:30. Media markaz (jiletkalarni tarqatish, jurnalistlarni belgilangan hududda yurishini taminlash, foto muxbirlarni maydonga kuzatib qo`yish va boshqalar).
18:00 – 20:00. O`zbekiston – Qatar uchrashuvi.
20:10 – 20:30. Qatar terma jamoasining o`yindan keyingi matbuot anjumani.
20:40 – 21:00. O`zbekiston terma jamoasining o`yindan keyingi matbuot anjumani.






