Angliya terma jamoasi hujumchisi Jermeyn Defo Litvaga qarshi (2:0) JCh–2018 saralash bosqichi 5-turi uchrashuvida raqib darvozasiga gol urdi.
34 yoshli hujumchi milliy terma jamoaga to`rt yillik tanaffusdan keyin chaqirildi va ushbu hodisani gol bilan nishonladi.
Defo so`nggi marta Angliya terma jamoasi tarkibida 2013 yilning noyabrida maydonga tushgandi. Oxirgi golini esa terma tarkibida o`sha yilning mart oyida urgan edi.






