1

JCh–2018 saralashi. Bugun O`zbekiston terma jamoasi Qatar bilan kuchi sinashadi

Sport 28.03.2017, 08:52
Teglar: Futbol, O`zbekiston, JCh-2018
JCh–2018 saralashi. Bugun O`zbekiston terma jamoasi Qatar bilan kuchi sinashadi

Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatar futbolchilariga qarshi bahs yuritadi. Mazkur o`yin 28 mart, seshanba kuni Toshkent shahridagi 34 ming muxlisga mo`ljallangan “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. Bellashuv soat 18:00 da boshlanadi.

O`zaro uchrashuvlar

O`zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi 12 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 marta g`alaba qozongan. 3 o`yinda qatarliklar zafar quchgan va 2 tasida tomonlar murosa ko`chasini tanlagan. Qatar terma jamoasi Toshkentda 4 marta mehmon bo`lib, barchasida imkoniyatni boy bergan.

Jamoalar o`rtasidagi so`nggi 5 uchrashuv natijasi:

06.09.2016

Qatar – O`zbekiston 0:1 | JCh–2018 saralashi

06.10.2014

Qatar – O`zbekiston 3:0 | O`rtoqlik uchrashuvi

18.06.2013

O`zbekiston – Qatar 5:1 | JCh–2014 saralashi

16.10.2012

Qatar – O`zbekiston 0:1 | JCh–2014 saralashi

07.01.2011

Qatar – O`zbekiston 0:2 | Osiyo Kubogi–2011 saralashi

FIFA reytingidagi o`rni

O`zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda 561 ochko bilan FIFA reytingida 63-pog`onadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinchi o`rinda joylashgan.

Qatar terma jamoasi 415 ochko bilan jahon reytingida 84-pog`onada bormoqda. Osiyo mamlakatlari orasida esa Qatar yuqoridagi mamlakatlar va BAAdan keyin 8-o`rinda bormoqda.

Yo`qotishlar

O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jarohati tufayli, Islom To`xtaxo`jaev esa sariq kartochkalari to`planib qolgani uchun Qatarga qarshi o`yinni qo`yib yuboradi. Qatar safida Bualem Xuxi Eron bilan bahsda ogohlantirish olgandi va shu sababli bitta o`yinga diskvalifikasiya qilindi.

Uchrashuv rasmiylari

Uchrashuv bosh hakami etib iroqlik Muhammad Qosim Sarray tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Muayyad Ali va Vothiq Obaid al-Suaydi ishlaydi. To`rtinchi hakam vazifasini ham iroqlik Zoid Tamer Muhammad bajaradi. Hakamlar nazoratchisi – Yoqub Muhammad Rodzali (Malayziya). Uchrashuv komissari etib hindistonlik Prins Rufus tayinlandi.

Guruhdagi vaziyat

JCh–2018 turniriga Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 6-turidan keyin Eron terma jamoasi 14 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 6-turda mag`lubiyatga uchragan Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o`rinni saqlab qoldi. Safarda Suriyaga imkoniyatni boy bergan O`zbekiston terma jamoasi ham 9 ochko bilan uchinchi o`rinda qoldi. Keyingi o`rinlardan mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) terma jamoalari joy egallagan.


Bugun, 28 mart kuni “A” guruhida, shuningdek, Eron terma jamoasi o`z maydonida Xitoyni qabul qildi. Suriya termasi esa Janubiy Koreya mehmoni bo`ldi.

JCh–2018 saralashi
“A” guruhi, 7-tur

Janubiy Koreya – Suriya (16:00 )

Eron – Xitoy (17:00)

O`zbekiston – Qatar (18:00)

Izoh: Yuqoridagi soatlar Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1