Yoshgina qizlar o`z tasavvurlaridagi go`zallikka erishish uchun nimalar qilmaydi, deysiz. Go`zallik ortidan quvgan qizlarning aksariyati hatto salomatliklarini ham xavf ostiga qo`yadi. Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida yashovchi 19 yoshli qiz ham lablarini changyutgich yordamida kattalashtirmoqchi bo`lib, shifoxonaga tushishiga bir baxya qoldi.
Rostovlik qiz changyutgich trubasini lablariga bir daqiqa qo`yib turdi. Kuchli og`riqni sezganidagina u texnikani elektrdan uzdi. Natija qiz kutgandek bo`lmadi. Lablari shishib ketganini ko`ragn qiz tez yordam chaqirdi. Shifokorlar qizni shifoxonaga olib ketmoqchi bo`ldi, biroq u bundan bosh tortdi.