AQShning Los-Anjeles shtatida yashovchi 30 yoshli Sidney Smit jirafalarga alohida mehr qo`ygan. Shuning uchun Sidney tashqi ko`rinishi bilan jirafalarga o`xshash uchun barcha imkoniyatini ishga solmoqda, deb yozadi “Cosmopolitan” nashri.
U jirafaga o`xshash uchun 5 yildan beri bo`ynini uzaytirish bilan band. Buning uchun Sidney padaung xalqi qo`llab kelgan usul ya`ni mis xalqalar yordamidan foydalanmoqda.
Hozirda Sidneyning bo`yniga 15 ta mis xalqa taqilgan. Mazkur taqinchoq qizga bir qancha noqulayliklar tug`dirsa ham Sidney erishgan natijalari bilan cheklanmoqchi emas.
Sidney jirafaga ko`proq o`xshash uchun mazkur jonivorni eslatuvchi kiyim kiyib yuradi.